Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlarda ShHT sammiti doirasida Samarqand shahrini aylanib o‘tish yo‘llarini tushuntirish ishlari aks etgan.

“ShHT sammitiga doir barcha o‘zgarishlarni davlat idoralarining rasmiy manbalaridan olishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Bundan oldin joriy yil 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun yopilishi ma’lum qilingandi. 

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bunda tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, bu Samarqand shahrida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Samarqandga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashrifni boshqa muddatga ko‘chirish so‘ralgandi.