Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, joriy yil 7 sentabr kuni taxminan soat 10:20 larda poytaxtning Uchtepa tumanidagi Katta qa’ni ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 1974 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Audi rusumli avtomobil va 1953 yilda tug‘ilgan U.S. boshqaruvidagi Nexia-1 rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda. To‘qnashuv natijasida Nexia-1 rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.











