“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, bunda mazkur shartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.

2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxirigacha:

  • 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
  • litsenziya varaqasi berishda avtomobil ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

2022 yil 1 sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi. 

Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.