Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, sobiq prezidentni jinoiy javobgarlikka tortish iltimosi bilan Belarusga to‘rtta so‘rov yuborilgan. Biroq, Belarus tomoni Bakiyevni topshirishdan bosh tortdi, ular uni «siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinmoqda» deb hisoblaydi

«Belarus Respublikasi Oliy sudining xatiga ko‘ra, ariza rad etilgan. Belarus tomonining fikricha, uning sudlanganligi siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinishi bilan bog‘liq», - deya ma’lum qildi Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi. 

Qayd etilishicha, sobiq prezidentga nisbatan sudning 2016 yil 29 iyuldagi qarori bilan 2010 yil 7 aprel voqealari va boshqa jinoyat epizodlari uchun 30 yillik qamoq jazosi tayinlangan. 

Qurmanbek Bakiyev 2005 yil mart inqilobi natijasida Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. 2010 yildagi aprel voqealari chog‘ida u hokimiyatdan ag‘darildi. Bakiyevga qarshi namoyishlar chog‘ida 90 kishi halok bo‘lgan. Keyinroq sobiq prezident oilasi bilan mamlakatni tark etib, Belarusdan boshpana olgan.