Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olma eksporti 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming tonnaga oshgan.
2022 yil 7 oyida O‘zbekiston olma eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog‘iston – 11,6 ming tonna;
- Rossiya – 3,8 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 1,2 ming tonna;
- Turkmaniston – 128 tonna;
2022 yil 7 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 5,1 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 4,3 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 1,5 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna.










