Italiya moliyaviy gvardiyasi rossiyalik VIP-mijozlar buyurtmasini bajarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor va arxitektor Lanfranko Chirilloga tegishli ko‘char va ko‘chmas mulklarni xatlovga oldi. Bu haqda RaiNews24 telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, unga nisbatan soliq qonunchiligini buzish ayblovi e’lon qilingan.

Arxitektorning ko‘chmas mulki, bank hisobraqamlari, naqd pullari, qimmatbaho buyumlari, san’at asarlari va vertolyoti xatlangan. Xatlovga olingan mol-mulklarning umumiy qiymati 141 mln yevroga teng deb baholanmoqda. 

Chirillo Rossiyadan yirik buyurtmalar olishi bilan tanilgan. Xususan, Aleksey Navalniy «Putinning saroyi» deb atagan inshootni ham u loyihalashtirgan.