«Avvalambor, professional ta’limni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish shart», dedi prezident va bu ishlarni qanday tashkil etishni Angren shahri misolida ko‘rsatib berdi.
Angrenda joriy yilda mehnat bozoriga 3 800 nafar yoshlar kirib keladi, shahardagi 535 ta korxonada ishchi kasblar bo‘yicha 1 915 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud, investitsiya loyihalari hisobiga joriy yilda yana 2 mingdan ortiq o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Yangi tizim orqali 6 ming nafar aholi kasbiy ta’lim bilan qamrab olinadi va manzilli ishga joylashtiriladi.
Yoshlarni kasbga yo‘naltirishga mas’ul bo‘lgan psixologlar ishi umuman sezilmayotgani qayd etildi. Shu bois Xalq ta’limi vazirligiga:
o‘z tizimidagi psixologlarni qayta o‘qitish va talabga javob bermaydiganlarini almashtirish;
7-11-sinf o‘quvchilarini individual yondashuv asosida kasbiy diagnostikadan o‘tkazish va tavsiyalarini kengashlarga taqdim etish topshirildi.
Vazirlik oldiga O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tashxis markazi faoliyatini transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi.











