
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 21 mart kuni soat 06:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida:
- Beshyog‘och ko‘chasi Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda;
- Olmazor ko‘chasi Islom Karimov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Ushbu ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida fuqarolari aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin.










