Shuningdek, bugun, 1 mart kuni navbatdagi maxsus reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Polshaning Katovitse shahridan "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan bajarilayotgan maxsus aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga olib kelinayotgan fuqarolardan aviachipta uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi.











