Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.S.” MChJning ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz ta’minotidan tegishli tartibda uzilgan bo‘lsa-da, MChJ rahbari F.A. gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 560,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











