Yig‘ilishda sohadagi ayanchli holat statistik ma’lumotlar asosida tanqidiy tahlil qilindi.

Tahlillar ko‘rsatishicha, avariyalarning:

  • 45 foizi haydovchilarning qoidalarni mensimasligi;
  • 10 foizi haydovchilarning tajribasizligi;
  • 25 foizi yo‘l holati va infratuzilmasi talabga javob bermasligi;
  • 20 foizi piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda.

“Yuqoridagi muammolarning barchasi ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham xavfsizlik masalalariga bevosita bog‘liq. Shu bois, 2022 yilda barcha hududlarda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturini amalga oshiramiz”, dedi prezident.

2021 yilda aniqlangan 7,7 million huquqbuzarlikdan 46 foizi qo‘pol qoidabuzarliklar hisoblanadi. 

Ayniqsa, mast holda boshqarish Samarqand (12 mingta), Toshkent viloyati (8,5 ming), Farg‘ona (7,5 ming) va Toshkent shahrida (7 ming), qizil chiroqqa o‘tish Toshkent viloyati (62 ming), Samarqand (51 ming) va Toshkent shahrida (47 ming) ancha yuqori.