Senat ekspertlar kengashi a’zosi Nosirjon Zokirov Toshkentdagi murakkab chorrahalardan biri hisoblanuvchi Bunyodkor shohko‘chasi, Baynalmilal va Seul ko‘chalari chorrahasida avtomobillar harakatini izohladi.
Ushbu chorraha avtomobillar harakatlanishi Toshkentning Bo‘zsuv kanali ustiga qurilgan 2ta ko‘prik orqali amalga oshiriladi. Haftaning ish kunlari ertalab va kechki tirbandlik vaqtlari haydovchilar uchun eng noqulay vaqt hisoblanadi.
Mutaxassisning fikricha, tirbandliklar yo‘l belgilarining noto‘g‘ri o‘rnatilgani bilan bog‘liq. U avtomobil harakatini tashkil etishga mas’ullar ushbu chorrahani qunt bilan o‘rganib, unga yangilik kiritish va shu orqali tirbandliklarga barham berish choralarini ko‘rishi lozimligini aytadi.










