Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari elektr energiyasi ta’minotidagi ommaviy uzilishlar sababli to‘xtab qolgan Chimyondagi osma yo‘ldan 20 nafar, Bildirsoydagi osma yo‘ldan esa 60 kishini evakuatsiya qildi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida elektr ta’minoti uzilganidan 10 daqiqa o‘tib qayta tiklandi, deya ma’lum qildi oromgoh vakillari. U yerda qutqaruvchilarga ehtiyoj qolmagan.

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko‘p qavatli uylarning liftlarida elektr energiyasi uzilishi oqibatida qolib ketgan o‘ndan ortiq fuqarolarni qutqardi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Vazirlik ehtimoliy avariyalarning oldini olish maqsadida gaz va elektr moslamalarini tarmoqdan vaqtincha uzib qo‘yishni so‘ragan.