«Jyenoa» klubi rasmiy sayti Andrey Shevchenko iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Ukrainalik 45 yoshli mutaxassis noyabr oyida Genuya klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagandi. Ammo uning Italiyadagi dastlabki murabbiylik faoliyati 2 oy davom etdi.
Avvalroq, «Jyenoa» rahbariyati Shevchenko va uning murabbiylar shtabi bilan muddatdan avval shartnomani bekor qilgan taqdirda jami 20 million yevro tovon puli to‘lashi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, «Jyenoa» A Seriyada 21-turdan keyin 12 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklar Shevchenko qo‘l ostida A Seriyada 9ta uchrashuv o‘tkazib, 6 mag‘lubiyat va 3ta durang qayd etdi. Italiya kubogida esa 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etilgan.











