Xitoy aerokosmik fan va texnika korporatsiyasining ta’kidlashicha, mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha ilk bor AQShdan o‘zib, dunyoda 1-o‘ringa chiqib oldi.
Xitoy oktyabrda joriy yildagi 40-parvozni amalga oshirib, o‘zining rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgandi. Xitoyning 39ta parvozdan iborat avvalgi rekordi 2018 yilda qayd qilingan va 2020 yilda takrorlangandi.
30 dekabrda Pekin vaqti bilan soat 00:43da Xitoy joriy yildagi oxirgi fazoviy parvozni amalga oshirdi. Uning davomida Sichan kosmodromidan orbitaga “Chanchjen-3B” raketa-tashuvchisi yordamida “Shiyan-9” tajribaviy aloqa sun’iy yo‘ldoshi chiqarildi.











