16 dekabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Seulda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti o‘rinbosari Im Chjon Xi bilan uchrashdi.

Vazirlikdan ma’lum qilishlaricha, tomonlar Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O‘zbekiston Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (IT Park) hamkorligida “O‘zbekistonda IT-Park'ning barqaror rivojlanishi asoslarini shakllantirish va salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirishni muhokama qilgan.

Uchrashuv davomida loyiha bo‘yicha muhokama bayoni imzolandi. Unga asosan, KOICA O‘zbekistondagi IT-Park salohiyatini oshirishga 4,5 million dollar grant ajratadi.