2021 yilning 7 dekabr kuni Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida “Damas” avtomashinasi “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va “DAF” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan

Natijada, “Damas” avtomashinasida bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Tez tibbiy yordam orqali olib ketilgan yana ikki nafari ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay nobud bo‘ldi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.