Shanhayda qaysi bilan qurollangan erkak hujumi oqibatida to‘qqqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda Thepaper portali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, voqea Pudun rayonida sodir bo‘lgan.
Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari 26 yoshli erkakni qo‘lga olgan. Ma'lum bo‘lishicha, u mamlakatning boshqa regionidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgan va Shanhayga yaqinda kelgan.
Hujum oqibatida to‘qqiz kishi, jumladan, uni qo‘lga olishda ishtirok etgan ikki nafar politsiyachi jarohatlangan.











