Tadbirda tumandagi o‘ttizta mahalladan tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 300 nafardan ortiq yoshlar qatnashdi. Yoshlar sohada yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlardan kerakli maslahatlarni oldi. Uchrashuvda yoshlar nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, balki taklif va loyihalarini ham ma'lum qildi.
Masalan, uchrashuvda Bog‘iobod mahallasidan Bahrom Xudoyqulov so‘zga chiqib, o‘quv markaz va kurslarini qay tartibda rivojlantirishga doir taklifini bildirdi.
“Biznes marafon”da savdo-sotiq, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va sanoat, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida o‘ndan ortiq yoshlar so‘zga chiqdi.
Tadbirda bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga ko‘maklashish imkoniyati ortishi e'tirof etildi.
Sherobod tuman hokimligi axborot xizmati Ⓣ











