Iste'mol narxlari monitoringi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida sabzi narxi oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 25 foizga arzonlashdi. Biroq yil boshidan buyon sabzi narxi o‘rtacha 68 foizga oshgan.

Avvalroq, pomidor narxlari bir oyda o‘rtacha 54 foizga qimmatlashgani xabar berilgandi

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida pomidor narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 54 foizga qimmatlashgan.

Shu bilan birga, pomidor narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 0,1 foizga arzonlashgani kuzatilgan.