Qayd etilishicha, 2021 yil 27 noyabr kuni soat 16:10 larda Chiroqchi tumani hududida IIO xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan voqea joyidan qochib ketgan davlat raqami 70 D 083 FA bo‘lgan Lacetti mashinasi haydovchisining shaxsi aniqlanib, topilgan.

Surishtiruv davomida, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi H.A. avtomobilning old yon oynalari qoraytirilgani bo‘yicha ruxsatnomasi yo‘qligi sabab xodimlarning to‘xtash talabiga bo‘ysunmasdan ketib qolganini bildirgan.

Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan haydovchiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma'muriy bayonnoma tuzilgan. Mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Qashqadaryoda IIB xodimlari bo‘ysunmasdan qochgan Lacetti'ning oynalarini sindirdi.