Qayd etilishicha, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 18 noyabr kuni soat 08:00 dan soat 11:00 gacha Furqat - Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov - Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan hudud transport harakati uchun yopiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Avvalroq, Toshkent shahrida Buxoro ko‘chasining Buxoro-Buyuk Turon chorrahasidan Buxoro-Zarafshon chorrahasigacha bo‘lgan qismi yopilgandi.