“Turkiy davlatlar hamkorligini yanada kuchaytirish maqsadida, Kengash o‘z nomini o‘zgartiradi va Turkiy davlatlar tashkilotiga aylanadi”, - degan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

Ta'kidlanishicha, Turkiya tilli davlatlar hamkorlik kengashining 2021 yilgi sammitida Turkmaniston ham rasman kuzatuvchi sifatida ishtirok eta boshlagan. Bundan avval, birgina Vengriya kuzatuvchi maqomida edi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi davlat rahbarlari 12 noyabrdagi majlisida tashkilotning 2040 yilgacha bo‘lgan dasturini ham qabul qiladi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar hamkorligini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda unga O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarboyjon to‘laqonli a'zo hisoblanadi. O‘zbekiston Kengashga 2019 yil a'zo bo‘lgan edi.