Ochilish marosimida tuman hokimi Umarbek Xalilov, viloyat bosh imom xatibi Tohir Ro‘ziyev, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan. Ta'kidlanishicha, masjidda bir vaqtning o‘zida 350 nafar namozxon o‘z ibodatlarini ado etish imkoni yaratilgan. 2020 yilning 28 noyabr kuni elektr energiyasi tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan hamda masjidga zarar yetgandi. Uning qayta qurilishi to‘liq saxovatpesha insonlarning xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.









