Britaniyaning uchta (Omni Energy, Ampoweruk va Zebra Power) energetika kompaniyasi bankrot bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Shuningdek, korxonalarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi MA Energy firmasi ham faoliyatini to‘xtatganini e'lon qildi.
Nashrning qayd etishicha, mamlakatda sentyabrdan buyon 17ta kompaniya faoliyatini to‘xtatgan.
Hozirda Britaniyada 1,7 milliondan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Bulb energetika kompaniyasi bankrot bo‘lish xavfi ostida turibdi.











