Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlanmalardan biri Gamaleya markaziga, ikkinchisi «Generium» kompaniyasiga tegishli.
«Biz sprey shaklidagi, ular esa tomchi shaklidagi vaksinani ishlab chiqaradi», — dedi Ginsburg.
Avvalroq «Generium» bosh direktori Daniil Talyanskiy mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga mazkur vaksinani klinik sinovdan o‘tkazish uchun ariza berilganini aytgandi.
Talyanskiyning aytishicha, mahsulot 6-8 oydan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilishiga umid qilinmoqda.











