Dasturda, xususan, quyidagi vazifalar ko‘zda tutilgan:

  • aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq solish tizimini joriy etish;
  • har bir insonning minimal ijtimoiy xizmatlarni bepul olishini qonunchilik darajasida kafolatlash;
  • ijtimoiy nafaqalardan yuqoriroq mehnat haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlari bilan ta'minlash, mehnatga layoqatli aholining shaxsiy tashabbuslari va uddaburonligini rag‘batlantirish;
  • olis va chekka hududlarda shifokorlar hamda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq shifokori” va “Qishloq o‘qituvchisi” dasturlarini amalga oshirish, ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tizimini qonunchilik asosida mustahkamlash;
  • aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoji bilan bog‘liq hamyonbop tovar va xizmatlar, arzon uy-joy va kommunal xizmatlar bilan ta'minlash;
  • aholining kam ta'minlangan qatlamlariga bepul, sifatli va to‘laqonli birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • yoshlarning kasb-hunar tanlashi, bepul va sifatli ta'lim olishi, o‘quv muassasalarini tugatgandan so‘ng ishga joylashish kafolatini mustahkamlash;
  • pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni kafolatlaydigan pensiya va ijtimoiy ta'minotning maqbul tizimini shakllantirish.

Eslatib o‘tamiz, prezidentlik saylovi 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.