Tegishli bitim 29-30 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar natijalari va istiqbollari» forumi doirasida banklar tomonidan imzolandi, deb xabar berdi «Sovkombank». 

«Biz Milliy bankka obligatsiya zayomlari tashkil etish borasida o‘z tajribamiz va to‘plangan ekspertizamizni taklif qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, O‘zbekiston bankining Rossiya bozoridagi debyuti muhim voqea bo‘ladi va respublika moliya sektori, umuman, iqtisodiyotining faol rivojlanishi yana bir daliliga aylanadi», dedi «Sovkombank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari, korporativ investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i Mixail Avtuxov.