Qayd etilishicha, bolalarning quyidagi kontingenti bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
  • ko‘p bolali oilalarning bolalari;
  • yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
  • talabalar va pedagoglarning bolalari;
  • akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
  • ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.