2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” (maskanlar) negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.
Eksperiment doirasida:
- tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha “Elektron kuzatuv maskanlari” joylashtiriladi, qolgani tadbirkorlik uchun 5 yil muddatga ijaraning “nol” stavkasi asosida beriladi;
- maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlar “E-auksion” platformasida elektron tanlov o‘tkazish orqali aniqlanadi;
- ijara muddati tugagandan so‘ng maskanlarning binolari mahallaga mulk huquqi asosida qoldiriladi.
Tegishli 38ta mahalladagi maskanlar “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.











