Ma'lum qilinishicha, og‘irligi bir tonna va uzunligi 8 metrga yetuvchi bu dinozavr turiga Ulughbegsaurus deb nom berilgan. Bu dinozavr O‘zbekiston hududida 90 million yil avval, Mezozoy davrida yashab o‘tganligi ta'kidlanmoqda.

Oldinroq Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayev 1999-2008 yillarda bir guruh rossiyalik va amerikalik olimlar Jaraquduq hududida arxeologik qazish ishlarini olib borgani va juda ko‘p miqdordagi topilmalarni olib chiqib ketgani haqida aytib o‘tgandi.