Natijada 34 yoshli hujumchi Argentina milliy jamoasidagi gollarini 79taga yetkazib, Janubiy Amerika (KONMeBOL) milliy jamoalari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi. U Braziliya milliy jamoasi afsonasi Pelening (77) rekordini yangiladi. 

Messi milliy jamoada 153ta bahs o‘tkazgan. Unda 79ta goldan tashqari, 52ta assist ham bor. Pele 77ta gol uchun 91ta o‘yin sarflagan.