Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 iyul kuni Bandixon tumani Bahoriston mahallasida yashovchi E.Nurjahon Termiz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida joriy yil 24 iyun kuni Denov tumani Guliston mahallasida yashovchi Yu.Ma'ruf Termizdagi avtoshohbekatda 150 AQSh dollar pulini Uzun tumaniga pochta tarzida olib borib berishini aytib olganini, ammo pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 6 avgust kuni Yu.Ma'rufga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.