Bunday qarorni koronavirus bo‘yicha ishchi guruh qabul qilgan.

Shuningdek, 15 avgustdan 27 avgustgacha oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj tovarlarini tashuvchi yuk mashinalari va tez yordam mashinalaridan tashqari barcha transport harakatlanishiga taqiq kiritilgan.

Lokdaun, shuningdek, barcha bozorlar va davlat muassasalari, kinoteatr, sportzal va restoranlarni qamrab oladi.

Eronda oxirgi sutkada 30 mingga yaqin yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Aholisi 83 mln kishini tashkil qiluvchi Eronda ayni vaqtda 3,8 mln kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.