Ma'lum qilinishicha, hududdagi MChJlardan birida haydovchi bo‘lib ishlovchi U.H. fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga “Spark” mashinasini 1 000 AQSh dollari evaziga avtosalondan navbatsiz olish uchun shartnoma olib berishni va'da qilgan. U kelishilgan pulning 500 AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida departament hamda DXXning viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiy davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, fuqarodan 2000 AQSh dollari olgan o‘qituvchi ushlangandi.











