Ma'lum qilinishicha, Usmonxon Alimovning holati barqaror. Zarur barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilayotgani aytilgan.
“Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz”, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, muftiy Usmonxon Alimovning salomatligi to‘g‘risida internetda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirilgandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kun.uz’ga muftiy Usmonxon Alimov salomatligini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalarini olayotganini ma'lum qilgandi.











