Shuningdek, o‘tkazilgan monitoring davomida Guliston shahrida joylashgan MChJ rahbari o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 5 ming quti elektron sigaretlarni noqonuniy yo‘l bilan sotib, sudning qonuniy hukmi chiqqunga qadar o‘zlashtirib, talon-toroj qilib yuborganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 1 iyul kuni JKning 167-moddasi 2-qismi a,g bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.