Mahalliy xavfsizlik xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika elchixonasiga ziyon yetmagan, yaqin atrofdagi obektlarga yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Hozircha hech bir guruh raketa zarbasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Avvalgi ko‘plab bunday hodisalarda AQSh «Iroq xalqining safarbarlik kuchlari» («Hashd ash-Shaabi») tarkibida faoliyat yuritayotgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli shaxslarni ayblagan.

Avvalroq Al Hadath telekanali o‘z manbalariga tayanib Bag‘dod markazidagi «yashil hudud»ga raketa zarbalari berilgani to‘g‘risida xabar qilgandi. 

Dushanba kuni xalqaro koalitsiyaning Anbar viloyatidagi Ayn-al-Asad harbiy bazasi o‘qqa tutilgandi.