Mahalliy aholi belkuraklar va qorni tozalovchi qurilmalar bilan muz uyumlarini tozalashlariga to‘g‘ri keldi.

Ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli shahar yaqinidagi trassada harakat deyarli to‘xtab qolgan. Bundan tashqari, do‘l drenaj tizimlarini yopib qo‘ygan va buning oqibatida toshqinlar yuzaga kelgan.

Fransiyadan tashqari, Germaniya va Shveytsariyaning bir qismi ham kuchli yomg‘ir, do‘l va bo‘ron iskanjasida qolgan. Germaniyada bir nechta avtomobil tunnellari toshqin ostida qolgan, Shtutgartda esa temir yo‘l aloqasi to‘xtagan.

Shveytsariyaning Lyutsern kantonida diametri 7 sm keladigan do‘l yog‘gan. Buning oqibatida kamida 5 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.












