Ma'lum qilinishicha, joriy yil 23 may kuni Past Darg‘om tumanidagi tekstil korxonalaridan birida ishlagan 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangan. Qizning aytishicha, u o‘sha kuni tungi navbatchilikda ishlayotgan bo‘lgan. Korxona ustasi kelib, undan tashqariga chiqishni so‘ragan. So‘ng qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, mashinada korxona yonida joylashgan qurilishi bitmagan bino oldiga olib borgan. O‘sha yerda mashina ichida zo‘rlagan.

Qayd etilishicha, qizning zo‘rlangani holati yuzasidan 28 yoshli A.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.