Ma'lum qilinishicha, 6 iyun kuni soat 23:00lar atrofida ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida fonar bilan harakatlanayotgan fuqaro IIB xodimlari e'tiborini tortgan. Vazirlik safdorlari A.Usenov va Ye.Mambetmuratov voqea joyiga borgan.
Xodimlar ushbu shaxs tomonidan kabellar kesib olinayotganligini aniqlagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Nukusda er-xotin salkam 1 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilib yuborgani haqida xabar bergandik.











