Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, bog‘ning orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalar yongan.

«Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olindi.

Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan.

Holatning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda», – deyiladi FVV axborotida.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Ma'lumot uchun, Toshkent Botanika bog‘i – Markaziy Osiyodagi eng yirik bog‘. 58 gektarlik bog‘ 1950 yilda tashkil etilgan. Bog‘ning kolleksiya hisobida 6 mingga yaqin o‘simliklar bor.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi o‘ndan ortiq bog‘ va xiyobonlar qatorida Botanika bog‘i ham rekonstruksiya qilinishini ma'lum qilgandi. Kun.uz hokimlik taklif etayotgan rekonstruksiya loyihasini e'lon qilgandi.