Dasturning maqsadi 4-sanoat inqilobining yangi davriga qadam qo‘ygan talabalarga menejyerlik tafakkuri va konvergent muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda texnik, nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirib, tashkilotlarda raqamli biznes transformatsiyasini loyihalashtirish, amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini berishdir. Dastur moliyaviy xizmatlar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mehmondo‘stlik, ta'lim va hukumat kabi turli sohalarda biznesning raqamli transformatsiyasiga yordam beradi.

Ushbu kunduzgi ta'lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovatsion yosh avlodni raqamli transformatsiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga  va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejyerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

Noyob ta'lim va o‘zaro aloqalar tajribasi ikki semestr davomida Toshkentda va ikki semestr davomida Koreyada taqdim etiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, Koreyadagi INHA universiteti tomonidan diplom beriladi.

Batafsil ma'lumot

Reklama huquqi asosida