Hozircha karantinda Qoraqalpog‘istondagi transportlar harakatiga oid taklif ishlab chiqilgan. Unda, o‘tgan safargidek yo‘nalishli taksilarda haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasida to‘siq o‘rnatilishi, «Damas»larning old o‘rindig‘iga yo‘lovchi olinishi taqiqlanishi kabi talablar bor. Saribeyevning aytishicha, hozirda bu taklif maxsus shtab tomonidan hali tasdiqlanmagan.
Vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Nukusda avtobuslar yetarli darajada emas. Shuning uchun «Damas»lar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotgani sababli 18 apreldan karantin nazorati kuchaytirilgandi (https://kun.uz/news/2021/04/18/bugundan-karantin-qoidalari-kuchaytirildi). Umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklandi.










