Bozorning kiraverishida aholiga maska taqish kerakligi uqtirilib, maskasizlar ichkariga kiritilmayapti.

Harorat o‘lchagich bilan odamlarning isitmasi o‘lchanmoqda. Shuningdek, fuqarolar bozor hududiga dezinfeksiya qilinib kiritilmoqda.

Bozor hududi dezinfeksiya qilinmoqda. Bundan tashqari ovoz kuchaytirgich orqali karantin talablari va uni buzganlarga chora ko‘rilishi bo‘yicha ogohlantirilmoqda.