«2021 yil 31 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83050 (+181) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 11 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 18 nafari Toshkent viloyatida,
- 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga etdi.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 5 nafar,
- Namangan viloyatida 3 nafar,
- Xorazm viloyatida 5 nafar,
- Toshkent viloyatida 15 nafar,
- Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81135 (+152) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1285 nafar bemor davolanmoqda, shundan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ma'lumot uchun, bugun — 1 apreldan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi.
Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.










