«2021 yil 30 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82869 (+187) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 18 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 32 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qoraqalpog‘iston qayd etilgan ko‘rsatkich (+8) 2021 yilgi antirekord hisoblanadi – bungacha Qoraqalpog‘istonda yilning eng yuqori ko‘rsatkichi 12 mart kuni (4ta holat) aniqlangan edi.

Toshkent (+32) va Samarqand (+18) viloyatlarida ham 2021 yilgi antirekord yangilangan – viloyatlarda eng ko‘p kasallanish holatlari mos ravishda 24 mart (20ta holat) hamda 25 mart kuni (13ta holat) qayd etilgandi.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 629 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80983 (+184) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1257 nafar bemor davolanmoqda, shundan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.