«Qonun ma'nan eskirgan (“Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun nazarda tutilmoqda – tahr). 1996 yilda qabul qilingan. Biroq, bizning NNT sifatida qonunchilik tashabbuskorligi vakolatimiz yo‘q. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan. Boshqa davlatlarda deyarli bu qonun muqobili yo‘q. Bu qonunda, faqat davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish belgilangan.
Lekin, eng og‘riqli muammolarimiz bor. Monopol kompaniyalarimizdan “Uzbekistan airways”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari bu qonunda obekt sifatida ko‘rsatilmagan. Temir yo‘llar yoki havo yo‘llari sohalarida, ichki aviaqatnovlar borasida muammolar yo‘qmi? Minglab muammolarni sanasa bo‘ladi», - dedi O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov.
U, shuningdek, «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamaga qo‘yilganini bildirar ekan, jamoatchilikdan faol bo‘lib, o‘z fikrlarini bildirishlarini so‘radi.










