Qizlarning ozod qilinishi uchun qancha pul to‘langani noma'lum.

Qizlar Zamfara shtatining Jangebe shahridagi qizlar uchun mo‘ljallangan maktab-internatdan o‘g‘irlab ketilgan. Noma'lum kimsalar xavfsizlik xizmati xodimlari kiyimida maktabga avtomobil va mototsikllarda kelishgan. So‘ngra qizlar tashqariga chiqishga va mashinalarga o‘tirishga majburlanib, noma'lum yo‘nalishda olib ketilgan.

Federal xavfsizlik kuchlari bo‘linmalari va politsiya 3 kun davomida qidiruv ishlarini olib borgan. Bu orada shtat ma'muriyati qizlarning ozod qilinishi yuzasidan mahalliy jamoalar bilan muzokaralar olib borgan.