Sessiyada Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Halimjon Umarov Quva tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Umarov 2006-2018 yillarda Toshloq tumani hokimi, 2018-2019 yillarda Quva tumani hokimi vazifasida ishlagan.
U 2019 yil martidan shu paytga qadar Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
Avvalroq, Quva tumanining 4ta sektor rahbari ishdan ketgani xabar qilingandi.











